«O’zbekneftgaz» MXK IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjaning ishida qatnashdi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjani tashkil qilish va o’tkazish chora-tadbirlari to’g`risida»gi Qaroriga muvofiq «O’zekspomarkaz MKM» AJ pavilonlarida 2015 yilning 26 oktyabridan 5 noyabrigacha IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birja bo’lib o’tdi. «O’zbekneftgaz» MXK tarmoqda ishlab chiqarilayotgan va aktsiyadorlik kompaniyalar va korxonalar tomonidan xoldingning yagona stendida taqdim etilgan keng ko’lamdagi turli mahsulotlarini namoyish qildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilgi Qarori bilan ma`qullangan va 2019 yilgacha mo’ljallangan Tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish dasturiga faqat joriy yilning o’zi uchun mahalliylashtirish darajasi 36 foizdan ortiq bo’lgan 17 ta tarmoq loyihalari kiritildi. Ushbu tadbirning sanoat va kooperatsiya maydonida keyingi 2016 yilda muzokaralar o’tkazish, yangi kontrakt va shartnomalarni qayd qilish va imzolash bo’yicha samarali ishlarni amalga oshirish uchun barcha kerakli sharoitlar yaratildi.  

O’tkazilgan tadbir davomida aktsiyadorlik kompaniyalar va korxonalar tomonidan 2016 yil uchun import o’rnini bosuvchi mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni sotib olish hamda ishlab chiqarish xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha 756 ta shartnomalar tuzildi va ro’yxatga olindi.  

Shuningdek, Kooperatsion birja jarayonida 2016 yilda tarmoq mahsulotlarini eksport qilishga qaratilgan qator kontraktlar imzolandi.

 

Manba: www.ung.uz.

Obuna bo'lish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

ctrl + enter

Aloqalar

Manzil:  100059, Toshkent sh., Shota Rustaveli ko'chasi - 114

Tel.: (99871) 250-92-25

Faks: (99871) 250-92-15

Email: igirnigm@ing.uz

map t